Xitoy AQShdan suyultirilgan tabiiy gaz sotib olishni to‘xtatdi
Xitoy ikki yarim oy davomida AQShdan STG sotib olmadi. Vaziyat keng qamrovli oqibatlar hamda Xitoy va Rossiya o‘rtasida energetika sohasida hamkorlikning yanada mustahkamlanishiga olib kelishi mumkin, deb yozadi The Financial Times.

Foto: Getty Images/VCG
Londonning The Financial Times (FT) gazetasi 18 aprel, juma kuni kemasozlik to‘g‘risidagi ma’lumotlarga tayanib yozishicha, AQShdan Xitoyga suyultirilgan tabiiy gaz (STG) importi o‘n haftadan ko‘proq vaqt oldin butunlay to‘xtatildi. Bu Xitoy va Qo‘shma Shtatlar o‘rtasidagi savdo urushi energetika sohasiga ham yoyilganini ko‘rsatadi, deya qayd etadi nashr.
6 fevral kuni Texasning Korpus-Kristisidan 69 ming tonna suyultirilgan gaz tashuvchi tanker janubiy Futszyan provinsiyasiga yetib kelganidan beri ikki davlat o‘rtasida yangi yuk tashish amalga oshirilmadi. Ikkinchi tanker Xitoy 10 fevralda AQSh STGga 15 foizlik boj o‘rnatishi oldidan yetib kelolmagach, Bangladeshga yo‘naltirildi. Shundan beri boj 49 foizgacha o‘sdi, bu Amerika gazini yaqin kelajakda xitoylik xaridorlar uchun iqtisodiy jihatdan zararli qilib qo‘ydi.
FT'ning ta’kidlashicha, AQShdan STG importining muzlatilishi AQSh prezidenti Donald Trampning birinchi muddatidagi vaziyatni aks ettiradi, o‘shanda yetkazib berish bir yildan ko‘proq vaqt davomida to‘xtatilgan. Ammo hozirgi mojaro keng qamrovli oqibatlarga olib kelishi mumkin — bu Xitoyning Rossiya bilan energetika sohasidagi hamkorligini kuchaytirmoqda va AQSh va Meksikada qurilayotgan ko‘p milliard dollarlik STG terminallarini keng ko‘lamli kengaytirishning maqsadga muvofiqligini shubha ostiga qo‘yadi.
Mavzuga oid

23:25 / 24.04.2025
Tramp millionerlar uchun soliqlarni oshirishdan bosh tortdi

21:11 / 24.04.2025
«Demokratiyaning bo‘sh arsenali». Foreign Affairs AQSh Xitoy bilan urushga tayyor emasligi haqida maqola e’lon qildi

13:30 / 24.04.2025
90 foiz uylar vayron bo‘lgan G‘azo, Kashmirdagi teraktda ayblanayotgan Pokiston va barbod bo‘lgan London muzokaralari - kun dayjesti

09:50 / 24.04.2025