Yandex Uzbekistan biznes uchun yetkazib berish imkoniyatlarini kengaytirmoqda
Yandex Go’dan restoranlar, do‘konlar va marketpleyslar uchun mo‘ljallangan yechim endilikda Samarqand, Buxoro va Farg‘ona vodiysida ham mavjud bo‘ladi. Ushbu hududlardagi kompaniyalar o‘z mijozlari uchun ekspress-yetkazib berish xizmatini osonlik bilan yo‘lga qo‘yishlari mumkin bo‘ladi.

Foto: Yandex Uzbekistan
Ayni paytda bu yechim Samarqandda mavjud va yaqin oylar ichida Buxoro hamda Farg‘ona vodiysida ham ishga tushishi rejalashtirilgan. Tadbirkorlar ekspress-yetkazib berish xizmatini oson yo‘lga qo‘yish orqali yangi auditoriyani jalb qilishlari, yetkazib berish jarayonini samarali tashkil etishlari va xizmat sifati darajasini oshirishlari mumkin bo‘ladi.
Mijozlar uchun esa bu yangilik ko‘proq mahsulotlarni ekspress-yetkazib berish xizmati orqali buyurtma qilish imkonini anglatadi — buyurtma yuborilgan paytdan boshlab o‘rtacha bir soat ichida yetkazib beriladi. Ilgariroq o‘zingiz borib olishingiz kerak bo‘lgan mahsulotlarni endilikda qulay va tez tarzda xarid qilish mumkin bo‘ladi. Treking vositasi orqali esa xaridorlar buyurtmaning qayerdaligini doimiy ravishda kuzatib borishlari mumkin.
Yangi yechim orqali kompaniyalar yetkazib berish parametrlarini mustaqil belgilash, kurerlarning joylashuvini real vaqtda kuzatish hamda dolzarb hisobotlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bu xizmatdan avval Toshkentlik tadbirkorlar foydalanishni boshlagan bo‘lib, ular orasida 200 dan ortiq yakka tartibdagi tadbirkorlar va kompaniyalar bor. Ular qatorida Oqtepa Lavash, Asaxiy marketpleysi va boshqalar mavjud.
Xizmatdan Yandex Go ilovasi, veb-interfeys yoki API orqali integratsiya yo‘lida foydalanish mumkin. Xizmatda turli tipdagi yetkazib berish variantlari mavjud: kichik jo‘natmalarni piyoda kurer yetkazsa, katta va og‘ir yuklar uchun mos transport vositasi yuboriladi.
Xizmatdan foydalanish uchun https://delivery.yandex.uz/ru/ saytida ro‘yxatdan o‘tish lozim.
Yandex Go platformasida tadbirkorlar “Do‘konlar” va “Restoranlar” bo‘limlari orqali taomlar, oziq-ovqat va boshqa tovarlarni ham sotishni tashkil etishlari mumkin. Bu Yandex Yeda xizmati bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid

17:00 / 09.04.2025
Yandex Uzbekistan O‘zbekistonda endilikda biznes muloqotlarini amalga oshirish uchun Yulduz va Lola ovozlarini taqdim etdi

19:00 / 07.04.2025
Yandex Uzbekistan yangi Market marketpleysini ishga tushirdi

14:09 / 11.11.2024