Gurbanguli Berdimuhamedov Samarqandga keldi

Foto: Prezident matbuot xizmati
Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov 23 aprel kuni tashrif bilan O‘zbekistonga keldi.
Tantanali ravishda ikki mamlakat bayroqlari bilan bezatilgan Samarqand xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni prezident Shavkat Mirziyoyev kutib oldi.
Tashrif dasturiga muvofiq, ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazish va madaniy tadbirlarda birgalikda ishtirok etish ko‘zda tutilgan.
Muzokaralarda O‘zbekiston-Turkmaniston do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqiladi.
Mavzuga oid

21:09 / 09.06.2025
Shavkat Mirziyoyev AQShning yetakchi kompaniyalari delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi

20:45 / 09.06.2025
O‘zbekiston BRICS Yangi taraqqiyot bankiga a’zo bo‘ladi

16:56 / 09.06.2025
Shavkat Mirziyoyev va Slovakiya bosh vaziri birgalikda daraxt ekdi

15:15 / 09.06.2025