Qozog‘iston investorlar uchun yangi «oltin vizalar»ni joriy etmoqda
Endi Qozog‘iston kompaniyalari ustav kapitaliga kamida 300 ming dollar investitsiya kiritgan chet el fuqarolari investorlik vizasini rasmiylashtirish uchun elektron ariza topshirishlari mumkin bo‘ladi.

Foto: Getty images
Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi mamlakatning investitsion jozibadorligini mustahkamlash va uzoq muddatli biznes hamkorlikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan investitsiya vizalarini olishning yangi qoidalarini tasdiqladi.
Unga ko‘ra, Qozog‘iston kompaniyalari ustav kapitaliga yoki mahalliy emissiya qimmatli qog‘ozlariga kamida 300 ming dollar investitsiya kiritgan chet el fuqarolari investorlik vizasini rasmiylashtirish uchun elektron ariza topshirishlari mumkin bo‘ladi. Mazkur «oltin viza» 10 yil muddatgacha Qozog‘istonda yashash guvohnomasini olish imkoniyatini taqdim etadi.
TIVning ma’lum qilishicha, xalqaro amaliyotda keng tarqalgan bu kabi viza dasturlari kapital, texnologiya va biznes faollikni jalb etishning samarali usuli hisoblanadi.
«Oltin vizalar» berilishi xorijiy investorlar uchun huquqiy kafolatlarni ta’minlaydi hamda Qozog‘istonning investitsion muhitiga bo‘lgan ishonchni mustahkamlaydi. Ushbu yangilik mamlakatning ochiqlik, kapitalni himoya qilish va barqaror xalqaro iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga qaratilgan strategik yo‘nalishini aks ettiradi», — deyiladi Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligining bayonotida.
Hujjat rasman e’lon qilingan kundan 10 kun o‘tib kuchga kiradi.
Avvalroq 2025 yil 1 iyundan xorijiy davlatlar fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga 200 ming AQSh dollari hamda ularning har bir oila a’zosiga (turmush o‘rtog‘i, farzandi va ota-onasi) 100 ming AQSh dollari miqdoridagi to‘lovlar evaziga O‘zbekistonda yashash guvohnomasi 5 yil muddatga soddalashtirilgan tartibda berilishi ma’lum qilingan edi.
Mavzuga oid

18:56 / 29.04.2025
Qozog‘iston xavfsizlik qo‘mitasi sobiq rahbarining qasri ijtimoiy ehtiyojlar uchun musodara qilindi

20:59 / 27.04.2025
Qozog‘iston hukumati 9 may kuni tantanali yurishlar o‘tkazishni taqiqladi

21:22 / 25.04.2025
Qozog‘iston superkompyuter yaratishga 40-50 mln dollar sarflaydi

08:43 / 25.04.2025