Germaniya avtomobil ishlab chiqaruvchilari Trampning tariflari tufayli yo‘qotishlarga duch kelmoqda
Nemis avtomobil ishlab chiqaruvchilari AQShning yangi import bojlarini hisobga olgan holda 2025 yil uchun kutilayotgan foydani hisoblab chiqarishda qiynalmoqda. Mercedes-Benz va Volkswagenʼning operatsion foydasi 40 foizga pasaydi.

Foto: Matthias Balk/dpa/picture alliance
Eksportga yo‘naltirilgan nemis avtomobil ishlab chiqaruvchilari AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan qo‘shimcha import bojlari joriy etilishi tufayli katta zarar ko‘rmoqda. 30 aprel, chorshanba kuni Reuters agentligining xabar berishicha, Mercedes-Benz va Volkswagen konsernining operatsion foydasi joriy yilning birinchi choragida 40 foizga kamaydi.
AQSh tarif siyosatidagi tebranishlar va oldindan aytib bo‘lmaydigan bozor reaksiyalari tufayli yuzaga kelgan sezilarli noaniqlik tufayli Mercedes-Benz bosh direktori Ola Kallenius konsernning yillik prognozini nashr etishni bekor qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Trampning savdo urushi fonida Germaniya avtosanoati o‘z bozorlarida «tektonik siljish»ni his qilmoqda, bu esa dunyo turli mintaqalarining ajralib ketish tendensiyasini bildiradi. Ko‘p yillik erkin savdodan so‘ng, iqtisod kattaroq hududiylashtirish tomon ketmoqda va avtomobil sanoati bunga javob berishi kerak, dedi Kallenius.
O‘z navbatida, VW Group konserni hozirda AQShning yangi tariflarining o‘z biznesiga ta’sirini istisno qilmoqda, ammo shunga qaramay, VW Group kompaniyasining yillik foyda prognozi 5,5-6,5 foiz oralig‘idagi pastki chegaraga tushdi, deya qayd etadi Reuters. Shu bilan birga, Shveytsariyaning UBS banki tahlilchisi Patrik Hummelning ta’kidlashicha, VW o‘z prognoziga AQShning yangi import bojlarini kiritishdan bosh tortib, uni amalda bekor qilgan. VW rahbari Arno Antlits avvalroq Trampning savdo urushining qo‘shimcha xarajatlari haqida qandaydir prognozni ma’lum qilishdan bosh tortgan edi.
Mavzuga oid

21:01 / 01.05.2025
Germaniya shimolidagi portda portlash sodir bo‘ldi

13:52 / 01.05.2025
Kallas kuchli Yevropani yaratishda Germaniyani yetakchi bo‘lishga chaqirdi

09:51 / 29.04.2025
Germaniyada ruslar haqidagi bessellerlar muallifi Aleksandra Fryolix o‘ldirildi

17:31 / 28.04.2025