Jamiyat | 09:07 / 01.05.2025
1355
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda Lixiang va Cobalt to‘qnashishi oqibatida 2 kishi jarohatlandi

Cobalt avtomashinasining 2 nafar yo‘lovchisiga shifokorlar tomonidan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

2025 yil 29 aprel kuni soat 22:30 larda Mirzo Ulug‘bek tumani Movarounnahr-Mahatma Gandi ko‘chalari chorrahasida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.

Toshkent shahar IIBB YHXB xabariga ko‘ra, 1976 yilda tug‘ilgan M.A. boshqaruvidagi Cobalt rusumli avtomashina hamda 2001 yilda tug‘ilgan D.T. boshqaruvidagi Lixiang rusumli avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Yo‘l-transport hodisasi natijasida Cobalt avtomashinasining 2 nafar yo‘lovchisiga shifokorlar tomonidan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid