O‘zbekiston | 08:38
2574
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda tumanida ikkita mashina yonib ketdi

Toshkent viloyatining Toshkent tumani, “Bahor” MFY, Yuqori Hasanboy ko‘chasida 1 may kuni ikkita transport vositasi yonib ketdi. 

Viloyat FVB xabar berishicha, yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 15:53 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 15:59 da to‘liq o‘chirilgan.

Ushbu hududda harakatlanib ketayotgan “VAZ-2102” avtomashinasida yong‘in yuzaga kelganligi sababli haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetida turgan FAW yuk mashinasi bilan to‘qnashgan.

YTH oqibatida yong‘in yuk mashinasiga ham tarqalgan. Hodisa oqibatida “VAZ-2102” haydovchisi yengil darajadagi kuyish jarohatini olgan.

Mavzuga oid