AQShdan deportatsiya qilingan o‘zbekistonliklar Toshkentga qaytdi
Qariyb 100 nafar o‘zbekistonlik maxsus charter reysi bilan vatanga qaytarildi.
30 aprel kuni AQSh hududida qonuniy asoslarsiz bo‘lib turgan va deportatsiya qilinadigan xorijliklar ro‘yxatiga kiritilgan O‘zbekiston fuqarolarini vatanga qaytarish maqsadida Nyu-York – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha maxsus charter reysi amalga oshirildi. Bu haqda «Dunyo» xabar berdi.
Qayd qilinishicha, O‘zbekistonning qariyb yuz nafar fuqarosi Toshkentga qaytarildi. Shuningdek, deportatsiya qilinganlar orasida Qozog‘iston va Qirg‘iziston fuqarolari ham bor edi.
Ta’kidlanishicha, ularning aksariyati AQSh chegarasini noqonuniy kesib o‘tishga uringani tufayli migratsiya markazlarida uzoq oylar davomida qolib ketgan.
Avvalroq, AQSh hukumati fuqarolar deportatsiyasini tashkil etgan O‘zbekistonga minnatdorlik bildirgan edi.
«Biz O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga 131 nafar noqonuniy migrantni o‘z vataniga qaytarish maqsadida samolyot jo‘natishga rahbarlik qilgani uchun minnatdorlik bildiramiz. Xavfsizlikni mustahkamlash va qonun ustuvorligini ta’minlash bo‘yicha O‘zbekiston bilan hamkorlikni davom ettirishni intiqlik bilan kutamiz», deyiladi xabarda.
Mavzuga oid

23:59 / 03.05.2025
AQSh Xalqaro kosmik stansiyani moliyalashtirishni qisqartiradi

22:46 / 03.05.2025
Shvetsiya migrantlarga vataniga qaytishi uchun 32 ming yevro to‘laydi

22:42 / 03.05.2025
AQShda jismoniy shaxslar buyurtma qilgan xorijiy tovarlar uchun bojsiz rejim bekor qilindi

21:31 / 03.05.2025