Zelenskiy Mersga: Ukraina Germaniyaning qo‘llab-quvvatloviga umid qilmoqda
«Kansler Ukrainani so‘zsiz qo‘llab-quvvatlashini tasdiqladi. Buni eshitish muhim edi. Men minnatdorman», deb yozdi Zelenskiy Fridrix Mers bilan telefon suhbatidan so‘ng.

8 may, payshanba kuni Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Germaniyaning yangi kansleri Fridrix Mers bilan telefon orqali gaplashdi. «Germaniya federal kansleri bilan yaxshi va batafsil suhbat», — deb yozdi Zelenskiy X ijtimoiy tarmog‘ida.
«Biz Germaniya Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda – hozir xalqimizni himoya qilishda ham, urush tugaganidan keyin ham mamlakatni tiklashda muhim rol o‘ynashda davom etishini kutamiz», — dedi Ukraina rahbari. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina va Germaniya «sheriklik uchun katta salohiyatga ega» va «ko‘p muhim narsalarni» amalga oshirish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga allaqachon erishilgan.
«Kansler Ukrainani so‘zsiz qo‘llab-quvvatlashini tasdiqladi. Buni eshitish muhim edi. Men minnatdorman», deb yozdi Zelenskiy. Shuningdek, u Berlin va Kiyev «munosib tinchlikka erishish» uchun hamkorlikni davom ettirishini qo‘shimcha qildi.
Mavzuga oid

15:59
YeI G7 tashabbusi doirasida Ukrainaga yana 1 mlrd yevro to‘ladi

14:07
Zelenskiy Ukrainaning Ikkinchi jahon urushidagi roli haqida gapirdi

12:46
Vens: Rossiya muzokaralarda juda ko‘p narsa so‘ramoqda

21:49 / 08.05.2025