Zelenskiy Ukrainaning Ikkinchi jahon urushidagi roli haqida gapirdi
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy videokamera bilan Xreshchatik bo‘ylab yurib, Kiyevning 80 yil avval fashistlar Germaniyasi ustidan qozonilgan g‘alabadagi rolini qayd etdi.

Foto: president.gov.ua
Prezident Volodimir Zelenskiy Ukrainaning Yevropani natsizmdan ozod qilishga qo‘shgan hissasini ta’kidlab, Rossiyaning o‘z mamlakatiga qarshi to‘rt yildan beri davom etayotgan agressiv urushini tilga oldi. 8 may, payshanba kuni Yevropada Ikkinchi jahon urushi tugaganining 80 yilligi munosabati bilan Zelenskiy Kiyevning markaziy Xreshchatik ko‘chasi bo‘ylab kamera bilan yurib, videomurojaat yozdi.
Ukraina prezidenti Moskvada o‘tkazilishi rejalashtirilgan G‘alaba paradini «biz buni yana qila olamiz» deb atalgan tadbir deya atadi. «Siz buni takrorladingiz. Buchadagi ommaviy qabrlar tashkilotchisi fashistlarning vahshiyligi haqida, Mariupol blokadasini uyushtirganlar esa Leningrad blokadasi haqida gapiradi», — dedi Zelenskiy. U natsizmga qarshi kurashda 8 milliondan ortiq ukrainalik halok bo‘lganini esladi va «deyarli har bir oilaning fotosurati bor, ular xotirani qadrlaydi» dedi.
Agar Rossiya o‘zgarmasa, uni «demilitarizatsiya» qilish kerak bo‘ladi, dedi Zelenskiy 9 may kuni Qizil maydonda o‘tgan avvalgi harbiy paradlar tasvirlarini joylashtirib.
Mavzuga oid

19:55 / 09.05.2025
Ukraina tarixda birinchi marta Vengriya josuslik tarmog‘ini fosh qildi

16:53 / 09.05.2025
Putin va Si Jinping «Ukraina inqirozi»ni muhokama qildi

16:34 / 09.05.2025
Tramp Zelenskiy bilan qo‘ng‘iroqlashdi

15:59 / 09.05.2025