Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Eronga qarshi yangi sanksiyalarni e’lon qildi
«Eron yadroviy dasturini kengaytirishda davom etmoqda», dedi Rubio AQShning Tehronga qarshi jazo choralarini e’lon qilar ekan.
Qo‘shma Shtatlar Eron yadro dasturi davom etayotganini sabab sifatida keltirib, Tehronga qarshi yangi sanksiyalarni e’lon qildi. 12 may, dushanba kuni AQSh davlat kotibi Marko Rubio tegishli bayonot bilan chiqdi.
«Eron yadroviy dasturini kengaytirishda davom etmoqda», dedi AQSh davlat kotibi Ummonda ikki davlat yuqori martabali rasmiylari o‘rtasidagi navbatdagi muzokaralar yakuniga yetganidan bir kun o‘tib.
Rubioning ta’kidlashicha, Tehron «ikki maqsadli tadqiqot va ishlanmalar faoliyatini» olib bormoqda. Uning versiyasiga ko‘ra, bu faoliyat «yadro qurollari va ularni yetkazib berish tizimlari» bilan bog‘liq.
Cheklovlar AQSh ma’lumotlariga ko‘ra, Eronning SPND harbiy tadqiqot tashkiloti bilan aloqada bo‘lgan Fuya Pars Prospective Technologiss kompaniyasi hamda yadroviy dastur bilan aloqador bo‘lgan uch Eron fuqarosiga tegishli.
Mavzuga oid

08:15
YeI Tramp bilan kelishuvni «eng yaxshi variant» deb hisoblayapti

08:00
Qimmatli qog‘ozlar bozorida qonunbuzilishlar uchun sanksiyalar qo‘llanadi

07:58
AQSh Rossiya rejalariga javoban Oyda AESni ishga tushirishni tezlashtirishi mumkin

00:32