Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp kelasi hafta Putin bilan uchrashishni rejalashtirmoqda – NYT
So‘ngra Oq uy rahbari Putin va Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy ishtirokida uch tomonlama muzokaralar o‘tkazishni rejalashtirgan.

Foto: Getty Images
AQSh prezidenti Donald Tramp kelasi haftadayoq Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bilan shaxsan uchrashishni rejalashtirmoqda. Bu haqda rejalardan xabardor ikki manbaga tayanib, The New York Times (NYT) xabar berdi.
So‘ngra Oq uy rahbari Putin va Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy ishtirokida uch tomonlama muzokaralar o‘tkazishni rejalashtirgan.
Nashr suhbatdoshlariga ko‘ra, Tramp 6 avgust kuni Yevropa yetakchilari bilan telefon orqali muloqotda o‘z niyatini ma’lum qilgan. Bo‘lajak ikkala tadbir ham Yevropa vakillari ishtirokisiz o‘tkaziladi.
6 avgust kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSh prezidentining maxsus vakili Stiven Uitkoff Moskvada uchrashdi. Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov «Ukraina masalasida ba’zi signallar berilgani, tegishli signallar prezident Trampdan ham olinganini» aytdi. Ammo tafsilotlarga to‘xtalmadi.
AQSh prezidenti Donald Tramp o‘z maxsus vakili Stiven Uitkoffning Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvini «juda samarali» deb atadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, uchrashuvda «sezilarli yutuqlarga erishildi». U nimada ifodalanayotganiga AQSh prezidenti aniqlik kiritmadi.
«Shundan so‘ng, ba’zi yevropalik ittifoqchilarimizni xabardor qildim. Hamma bu urushni tugatish kerak degan fikrga qo‘shiladi va biz yaqin kunlar va haftalarda buning ustida ishlaymiz. Bu masalaga e’tiboringiz uchun tashakkur!», deb yozdi Donald Tramp ijtimoiy tarmoqda.
Mavzuga oid

23:37 / 06.08.2025
Endi Rossiya o‘t ochishni to‘xtatishga ko‘proq moyil ko‘rinmoqda – Zelenskiy

22:50 / 06.08.2025
Pashinyan va Aliyev Vashingtonda Tramp huzurida uchrashadi

21:33 / 06.08.2025
AQSh «Kerimov yaxtasi»ni kimoshdi savdosiga qo‘ydi

21:18 / 06.08.2025