Toshkent viloyatida maxsus yuk avtomobili yonib ketdi
Yuqori Chirchiq tumanida yuk avtomobil dvigatel qismida qisqa tutashuv tufayli yonib ketdi.

Foto: Toshkent viloyat YHXB
Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida yuk avtomobilida yong‘in kelib chiqdi.
Viloyat YHXB xabariga ko‘ra, hodisa 12 may kuni soat taxminan 09:30 larda tuman hududidan o‘tgan D-014 «G‘azalkent shahri — Chirchiq shahri — Yangibozor qishlog‘i — Jumabozor qishlog‘i — O‘rtasaroy qishlog‘i — Nurafshon shahri» avtomobil yo‘lining 46-kilometrida sodir bo‘lgan.
Unda haydovchi, 1973 yilda tug‘ilgan K.Sh boshqaruvidagi «Toza hudud DUK»ga qarashli Isuzu maxsus yuk avtomobilining dvigatel qismida qisqa tutashuv tufayli yong‘in kelib chiqqan.
O‘t o‘chiruvchilar tomonidan yong‘in to‘liq o‘chirilgan. Yong‘in oqibatida harakat ishtirokchilari sog‘lig‘iga ziyon yetmagan.
Hozirda xolat yuzasidan Yuqori Chirchiq tumani FVB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

08:14 / 11.04.2025
Qoraqalpog‘istonda Isuzu va DAF yuk mashinalari to‘qnashdi

18:20 / 05.04.2025
Anadolu Isuzu SamAutoʼning nazorat paketini sotib olmoqchi

16:24 / 30.09.2024
Yuqori Chirchiqda piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan 11 yoshli o‘quvchini Cobalt urib yubordi

19:13 / 22.12.2023