3 mlrd so‘mlik energiya resurslari talon-toroj qilingani aniqlandi
O‘zbekistonda 3 mlrd so‘mlik energiya resurslari talon-toroj qilingani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.

Foto: Bosh prokuratura
Bosh prokuror o‘rinbosari Sh.Aminov rahbarligidagi ishchi guruhlar tomonidan hududlarda tabiiy gaz va elektr energiyasini uzatishdagi yo‘qotishlarni qisqartirish, energiya resurslarini iqtisod qilish, ularni talon-toroj qilish holatlarining oldini olish borasida ishlar davom ettirilmoqda.
Xususan, joriy yilning 13 may kuni 301 ta energoresurslarni yo‘qotish holatlari hamda 481 ta holatda 3 mlrd so‘mlik talon-toroj qilish holatlari aniqlandi.
Shu bilan birga, gaz taqsimlash punktlarining 5 tasi almashtirildi va 360 tasi ta’mirlandi, 1 841 ta xonadon ikki bosqichli tizimga o‘tkazildi, 4 982 ta gaz hisoblagich batareyasi almashtirildi, 2 900 ta gaz hisoblagichining aloqasi tiklandi, 12 ta yangi transformator o‘rnatildi, 238 km. tarmoq, 169 ta transformator punktlari ta’mirlandi, 20 km. yuqori yuklamali tarmoqlarda simlar almashtirildi.
Shuningdek, qonunbuzilishga yo‘l qo‘ygan 11 nafar shaxslar ma’muriy va intizomiy javobgarlikka tortildi, 6 ta jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.
Mavzuga oid

16:03 / 30.04.2025
Rossiya Bosh prokuraturasi o‘zbekistonlik migrantlarning huquqlariga rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirish majburiyatini oldi

19:27 / 21.04.2025
Farg‘onadagi xususiy klinikaga burun operatsiyasi uchun borgan departament xodimi vafot etdi

12:51 / 17.04.2025
«Yashil energiya» sertifikatlarini berish tartibi o‘zgartirildi

08:07 / 10.04.2025