Tojikistonda ijtimoiy tarmoqlarda «layk» bosganlik uchun jinoiy javobgarlik bekor qilindi
Mamlakat prezidenti Imomali Rahmon bu boradagi tegishli qonunni imzoladi. Qonun bilan Tojikiston Jinoyat kodeksiga tegishli tuzatishlar kiritiladi.
Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon Jinoyat kodeksidan ijtimoiy tarmoqlarda «layk» bosganlik uchun javobgarlikka tortishni nazarda tutuvchi bandni olib tashlashga oid qonunni imzoladi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilishicha, imzolangan qonun «ijtimoiy tarmoqlarda «layk» yoki boshqa emojilar uchun jinoiy javobgarlikni bekor qiladi».
«Radio Ozodi»ning qayd etishicha, tuzatishlar Jinoyat kodeksining terrorizmga ommaviy chaqiriqlar va internetda terrorizmni oqlaganlik uchun jazo belgilashni nazarda tutuvchi ikki moddasiga tegishli. 2018 yildan beri mamlakat fuqarolari eng minimal faollik, jumladan, «layk» va «repost»lar uchun ham javobgarlikka tortib kelinmoqda — bu 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum etishga olib kelishi mumkin.
«Layk»lar uchun jazoni bekor qilish tashabbusi Imomali Rahmonning o‘zidan chiqqan. 2024 yil bahorda u huquq-tartibot organlarini ushbu normalardan haddan ortiq keng foydalanayotgani uchun tanqid qilgandi. Rahmon mazkur «amaliyotga nuqta qo‘yishga» chaqirgan, chunki odamlarni «internetda faolligi uchun jazolab bo‘lmaydi».
Tojikiston prokuraturasi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda 1,5 mingdan ortiq odam ijtimoiy tarmoqlarda qoldirgan izohlari va munosabatlari uchun jazo o‘tamoqda.
Mavzuga oid

17:57 / 29.04.2025
Uch mamlakatning ahilligi timsoli - “Do‘stlik” stelasidan reportaj

16:52 / 29.04.2025
Qirg‘iziston Tojikiston bilan chegarani tikanli simlar bilan to‘sishni boshladi

07:34 / 16.04.2025
Xivada O‘zbekiston va Tojikiston hukumatlararo komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

16:09 / 15.04.2025