Toshkentda vagon ta’mirlash deposida yong‘in sodir bo‘ldi
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar haqida xabar kelib tushmadi.
15 may kuni soat 23:58 da Toshkent shahar Mirobod tumani, Turkiston ko‘chasida joylashgan vagon ta’mirlash deposida yong‘in sodir bo‘lgani to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.
Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 00:03 da yong‘inga yetib borib, uni bartaraf etish ishlarini olib borgan. Vaziyat to‘liq nazoratga olingan.
Voqea joyiga Toshkent shahar va tuman FVB rahbar xodimlari yetib borgan.
Yong‘in soat 01:31 da qurshab olingan, soat 02:48 da bartaraf etilgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar haqida xabar kelib tushmagan.
Mavzuga oid

21:56 / 15.05.2025
Namanganda gaz zapravkada «Jiguli» yonib ketdi

16:42 / 14.05.2025
Toshkentdagi omborxonada yuz bergan katta yong‘in o‘chirildi

19:05 / 12.05.2025
Buxoro shahrida 3 ta mashina yonib ketdi

10:46 / 12.05.2025