Jahon | 13:45
1694
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya va Ukraina «1000 ga 1000» asirlar almashinuvi bo‘yicha ro‘yxatlarni oldi

Ukraina va Rossiya o‘rtasida «1000 ga 1000» formulasi bo‘yicha keng ko‘lamli harbiy asirlarni almashish bo‘yicha kelishuvga tomonlar o‘rtasida 16 may kuni Istanbulda bo‘lib o‘tgan muzokaralar chog‘ida erishilgan edi.

Foto: AP

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 22 may, payshanba kuni aytishicha, Rossiya «1000 ga 1000» formulasi bo‘yicha harbiy asirlarni almashish bo‘yicha ro‘yxatlarni Ukrainaga topshirdi. «Ukraina mudofaa vaziri Umerov jarayonning tashkil etilishi va kelishuvning bajarilishini nazorat qilmoqda. Ukraina Oliy radasining Inson huquqlari bo‘yicha komissari va idora jamoasi ishtirok etmoqda, biz Rossiya tomonidan ro‘yxatga kiritilgan har bir shaxs bo‘yicha tafsilotlarni aniqlayapmiz», — deb yozdi Zelenskiy.

Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Moskva Kiyevga almashinuv ro‘yxatini topshirganini tasdiqladi. «Biz haqiqatan ham ro‘yxatimizni topshirdik», — deya uning so‘zlaridan iqtibos keltiradi "Interfaks" agentligi. Keyinroq Ukraina harbiy asirlar bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi shtab rahbari o‘rinbosari Andrey Yusov "RBK-Ukraina"ga Kiyev o‘z ro‘yxatini tayyorlab, Rossiya tomoniga topshirganini aytdi. «Ha, rostdan ham biz (ro‘yxat) oldik», — deya tasdiqladi Peskov TASS davlat axborot agentligiga.

Rossiya va Ukraina 16 may kuni Istanbulda bo‘lib o‘tgan muzokaralarda «1000 ga 1000» formulasi bo‘yicha keng ko‘lamli harbiy asirlarni almashish to‘g‘risida kelishib oldilar – u 2022 yildan buyon ilk to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralarga aylandi. Shundan so‘ng delegatsiyalar bunday almashinuv «yaqin kunlarda» o‘tkazilishi rejalashtirilayotganini ma’lum qildi.

Mavzuga oid