O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari ETTB prezidenti bilan uchrashdi
O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev boshchiligidagi mamlakat delegatsiyasi Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining Londonda bo‘lib o‘tgan 34-yillik yig‘ilishida ishtirok etdi.

Foto: "Dunyo" AA
Bu yilgi anjuman "Istiqbollarni kengaytirish, mustahkam kuchlarni saqlash" mavzusida tashkil etildi. Panel sessiyalarda iqlim, energetik xavfsizlik, geosiyosat va geoiqtisodiyot, nodavlat tashkilotlarning biznes muhitni yaxshilashdagi roli, suv resurslaridan oqilona foydalanish kabi masalalar muhokama qilindi.
Boshqaruv kengashining plenar sessiyasida O‘zbekiston delegatsiyasi rahbari ma’ruza qildi. Unda O‘zbekiston va YeTTB o‘rtasidagi hamkorlikning holati va istiqbollariga to‘xtalib o‘tildi.
O‘zbekiston delegatsiyasi tashrif doirasida ETTB prezidenti Odil Reno-Basso bilan uchrashdi.
O‘zbekiston mintaqada ETTB mablag‘larini eng ko‘p olayotgan davlat hisoblanadi. Bank hozirga qadar mamlakatga 174 ta loyihaga jami 5,5 milliard AQSh dollari miqdorida sarmoya kiritgan. Joriy portfel 3 milliard dollar qiymatdagi 95 ta loyihadan iborat.
Shuningdek, Buyuk Britaniya energetika xavfsizligi va uglerod neytrallik vazirligi, Eksportni moliyalashtirish agentligi, Standart Chartered banki, International Hospitals Group, United Green Group va Rolls-Royce kabi yirik kompaniyalar rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazildi.
Mavzuga oid

18:06 / 22.02.2025
“Tolibon” iqtisodiy delegatsiyasi O‘zbekistonga keldi

11:59 / 22.12.2024
O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lish doirasida AQSh bilan bayonnoma imzoladi

17:43 / 21.11.2024
Bosh vazir o‘rinbosarlari va vazirlarning barchasi o‘z lavozimini saqlab qoldi (foto)

14:30 / 01.10.2024