Zominda sel avtomobil yo‘lini qum-tosh bilan yopdi
Maxsus muhandislik texnikalari yordamida sel oqibatlarini bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.

27 may kuni Jizzax viloyati, Zomin tumanining ayrim hududlarida qisqa muddatli kuchli yomg‘ir yog‘ishi oqibatida soylardan (sel yo‘llaridan) yomg‘ir suvlarining to‘planib oqishi kuzatildi. Bu haqda Jizzax FVB xabar berdi.
Qayd qilinishicha, sel suvlari kelishi oqibatida Duoba mahallasi, Qorong‘isoy qishlog‘i hududidan o‘tuvchi avtomobil yo‘lining bir qismi qum-tosh massalari bilan yopilib qolgan.
Fuqarolar, aholi yashash xonadonlari, ijtimoiy soha obektlari va chorva mollariga zarar yetmagani ta’kidlanmoqda.
Xabarga ko‘ra, maxsus muhandislik texnikalari yordamida sel oqibatlarini bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.
Jizzax FVB aholidan tog‘ va tog‘oldi hududlarda harakatlanganda xavfsizlik talablariga qat’iy rioya etishni so‘radi.
Mavzuga oid

12:21 / 28.05.2025
O‘zbekistonning 9 viloyatida sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi

12:00 / 16.05.2025
17-19 may kunlari qator hududlarda sel xavfi e’lon qilindi

15:50 / 06.05.2025
Pokiston Zomin tog‘ hududida ekoturizm obektlarini tashkil etadi

17:10 / 25.04.2025