Erdo‘g‘an Putin va Zelenskiyni to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralarga chaqirmoqda
2 iyun kuni Istanbulda muzokaralarning navbatdagi bosqichi o‘tkazilishi kutilmoqda, biroq Ukraina unga borishi uchun Rossiyadan tinchlik memorandumini oldindan ko‘rsatishni talab qilmoqda.

Anatolii Stepanov / Reuters / Scanpix / LETA
Volodimir Zelenskiy va Rajab Erdo‘g‘an 30 may kuni kechqurun telefon orqali muloqot qildi. Turkiya prezidenti matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Erdo‘g‘an suhbat chog‘ida Rossiya va Ukraina prezidentlarining tezroq uchrashishi tarafdori ekanini bildirgan.
U Turkiya 16 may kuni Istanbulda boshlangan Rossiya-Ukraina muzokaralarini davom ettirish tarafdori ekanini qayd etgan. Erdo‘g‘anning fikricha, Istanbulda o‘tkazilishi rejalashtirilgan muzokaralarning ikkinchi raundida ehtimoliy o‘t ochishni to‘xtatishni muhokama qilish «tinchlikka yo‘l ochadi».
Erdo‘g‘an ikki delegatsiya muzokaralari yakunlangach, Volodimir Zelenskiy va Vladimir Putin o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tishi kerak deb hisoblamoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, buni «paysalga solmasdan» amalga oshirish kerak.
Zelenskiy Erdo‘g‘an bilan suhbatni «mazmunli» deb atadi. Ular Istanbuldagi muzokaralarning birinchi raundini muhokama qilishgan. «Asirlar almashinuvi – bu uning [muzokaralarning] muhim yutug‘i, lekin afsuski, yagona yutug‘i. Tinchlik sari harakatni davom ettirish uchun o‘t ochishni to‘xtatish kerak», – dedi Ukraina prezidenti.
U, shuningdek, Moskva vakillari bilan Istanbulda «navbatdagi ehtimoliy uchrashuv» va «Ukraina qanday sharoitlarda unda ishtirok etishga tayyorligi» muhokama qilinganini aytdi.
Rossiya Ukrainaga muzokaralarning yangi raundini 2 iyun kuni Istanbulda o‘tkazishni taklif qilgan. 30 may kuni Ukraina TIV rahbari Andrey Sibiga Kiyev Istanbulda muzokaralarning yangi raundini o‘tkazishga tayyorligi, biroq Moskvadan hali ham o‘t ochishni to‘xtatish shartlari bilan memorandumning va’da qilingan matnini kutayotganini aytdi. Rossiya rasmiylari hujjatni faqat Istanbuldagi uchrashuvda taqdim etishlarini aytishmoqda.
Shu bilan birga, Sibiga uchrashuv 2 iyun kuni bo‘lib o‘tishiga aniqlik kiritmagan. Zelenskiyning Erdo‘g‘an bilan suhbati yakunlari bo‘yicha bayonotidan Ukraina vakillari 2 iyun kuni bo‘lib o‘tadigan uchrashuvga borishi yoki bormasligi ham tushunarsiz. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya muzokarachilar delegatsiyasi «Istanbulga yo‘l olayotgani va dushanba kuni ertalabdan muzokaralarni davom ettirishga, ushbu muzokaralarning ikkinchi raundiga tayyor bo‘lishi»ni aytgan.
The Washington Post nashrining ta’kidlashicha, Ukraina Vashington tomonidan Kiyevni Istanbuldagi muzokaralarda ishtirok etishga majbur qiladigan bosimga duch kelishi mumkin bo‘lgan «noqulay diplomatik vaziyat»ga tushib qoldi – hatto Moskva o‘z memorandumini oldindan taqdim etmasa ham.
Mavzuga oid

14:41 / 26.05.2025
«U butkul aqldan ozgan». Tramp Putinni tanqid qildi

19:41 / 25.05.2025
Rossiya-Ukraina urushi «endshpil bosqichiga o‘tdi» – JPMorganChase markazi hisoboti

16:21 / 22.05.2025
«Yaqin orada Shimoliy Kiprning Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo bo‘lgan kunlarni ham ko‘ramiz» – Erdo‘g‘an

20:30 / 17.05.2025