Jahon | 18:20 / 08.06.2025
5735
3 daqiqa o‘qiladi

Germaniya Rossiya bilan urush uchun bunkerlarni ommaviy tayyorlashni boshlaydi

Yashirinsa bo‘ladigan yangi joylarni qurish juda qimmat va uzoq vaqt talab etadi. Shu bois mamlakatda fuqarolik obektlarini bombapanohlarga aylantirish uchun mavjud resurslarni o‘rganib chiqish taklif etilmoqda.

Foto: Süddeutsche Zeitung

Germaniyaning Federal fuqarolik muhofazasi va tabiiy ofatlar vaqtida yordam ko‘rsatish agentligi (BBK) shu yil yozda bombapanoh va boshpana tarmoqlarini zudlik bilan kengaytirish loyihasini taqdim etadi. Bu Rossiya tomonidan ehtimoliy hujumga to‘rt yil ichida tayyorlanish maqsadida amalga oshirilmoqda, deb yozadi Suddeutsche Zeitung.

«Uzoq vaqt davomida Germaniyada urush bu — biz tayyorlanishimiz kerak bo‘lgan ssenariy emas, degan fikr keng tarqalgan edi. Endi bu o‘zgardi. Biz Yevropaga yirik tajovuzkor urush xavfidan xavotirdamiz», — deydi BBK rahbari Ralf Tisler. U federal darajada bombapanohlar va shu kabi obektlar aylantirish mumkin bo‘lgan joylarni (tunnellar, metro stansiyalari, yerosti garajlar, avtoturargoh, jamoat binolari yerto‘lalari) reviziya qilishga chaqirdi. Bu zudlik bilan «1 million kishi sig‘adigan joyni yaratish» imkonini beradi.

Yashirinsa bo‘ladigan yangi joylarni qurish juda qimmat va uzoq vaqt talab etadi. «Mamlakat vaqt bilan poyga holatida va yangi bunker obektlari qurilishiga ishonish yetarli emas», — deydi Tisler. U fuqarolik obektlarini bombapanohlarga aylantirish uchun mavjud resurslarni «hozirning o‘zida va diqqat bilan» o‘rganib chiqish zarurligini qo‘shimcha qildi.

Bundan tashqari, Germaniyada axborot tizimini ham modernizatsiya qilish kerak — masalan, xavfdan xabardor qiluvchi ilovalar, yo‘l belgilari, shuningdek, sirena signallari; odamlar shu orqali xavf tug‘ilsa, qayerga berkinish mumkinligini tezroq aniqlay oladi. Tislerning so‘zlariga ko‘ra, fuqarolik mudofaasi ehtiyojlari uchun to‘rt yil davomida kamida 10 milliard yevro va yaqin o‘n yilda 30 milliard yevro talab etiladi.

Sovuq urush davrida beri Germaniyadagi bunkerlarning faqat chorak qismi soz holatda (butun mamlakat bo‘ylab ularning soni 2 mingta). Ular urushdan 450 ming kishini yoki mamlakat aholisining 0,5 fozini himoya qila olgan.

Mavzuga oid