Toshkentdan Farg‘onaga giyohvandlik vositasini olib ketayotgan shaxslar ushlandi

Foto: Toshkent viloyati IIBB matbuot xizmati
Giyohvandlik vositasini Farg‘onaga olib ketayotgan narkokurerlar Toshkent viloyatida ushlandi, deb xabar berdi viloyat IIBB matbuot xizmati.
Ma’lum qilinishicha, tadbir davomida Toshkentda yashovchi, 1998 yilda tug‘ilgan shaxs qo‘shni davlatdan kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan, gashish giyohvandlik moddasini Bekoboddagi yashirib qo‘yilgan joyidan olib, Qo‘qonda yashovchi xaridorga olib ketayotgan vaqtida qochishga uringan ikki shaxs ham ushlandi.
Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv davomida ushbu giyohvandlik moddasi narkokurer tomonidan kontrabanda yo‘li bilan “zakladka” ko‘rinishida ko‘mib ketilgani aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan ushlangan shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda sotish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

08:00 / 02.06.2025
Farg‘onada bank mas’ullari va hokim yordamchilarining qing‘ir ishlari aniqlandi

07:40 / 31.05.2025
Farg‘onada sifati kafolatlanmagan 8 mlrd so‘mlik dorilarning savdoga chiqarilishi oldi olindi

18:37 / 29.05.2025
Farg‘onada tanishini qasddan bosib o‘ldirgan haydovchiga hukm o‘qildi

17:02 / 15.05.2025