Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius Kiyevga keldi
Germaniya mudofaa vaziri Ukraina rasmiylari bilan mamlakatdagi vaziyatni, shuningdek, Kiyevga keyingi harbiy yordamni muhokama qilmoqchi.

Foto: Kay Nietfeld/dpa
Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius 12 iyun, payshanba kuni ertalab Kiyevga yetib keldi. Dpa agentligi xabariga ko‘ra, tashrif chog‘ida u Ukraina yetakchilari bilan mamlakatdagi vaziyatni, shuningdek, qo‘shimcha harbiy yordam ko‘rsatishni muhokama qilmoqchi.
Safar oldidan Pistorius: «Ukraina o‘zini himoya qilishi va Rossiya jiddiy muzokaralarga tayyor bo‘ladigan holatda bo‘lishi uchun uni qo‘llab-quvvatlash uchun hamma narsani qilamiz», dedi.
4 iyun kuni Bryusselda Ukraina bo‘yicha aloqa guruhi yig‘ilishi oldidan nutq so‘zlagan Germaniya Mudofaa vazirligi rahbari xalqaro hamkorlarni "Havo hujumidan mudofaa bo‘yicha zudlik bilan harakat qilish" - Immediate Action on Air Defense deb nomlangan mamlakat havo mudofaasini kuchaytirish tashabbusini qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.
Bundan tashqari, Pistorius Ukrainaning radioelektron kurash imkoniyatlarini yaxshilash bilan shug‘ullanuvchi davlatlar guruhi kengaytirilishini ma’lum qildi. Germaniya mudofaa vaziriga ko‘ra, Belgiya, Estoniya, Italiya, Shvetsiya va Turkiya bu guruhga qo‘shilishni istamoqda. «REK koalitsiyasi»ning maqsadlari Ukrainaga aloqa va razvedka qilish qobiliyatini ta’minlash, shuningdek, Rossiya Qurolli kuchlari kommunikatsiyalariga xalaqit berish va UUA hujumlarining oldini olishdir.
«Rossiya Ukrainaga ommaviy havo hujumlarini davom ettirmoqda, dron hujumlari va qanotli raketa zarbalari soni juda ko‘p. Qayta-qayta, har kuni bu hujumlar natijasida begunoh ukrainaliklar halok bo‘lmoqda yoki yarador bo‘lmoqda», — dedi Germaniya mudofaa vaziri.
AQShdan Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatilishiga bag‘ishlangan tadbirni sharhlar ekan, Pistorius buni hali ham davom ettirish mumkin, degan fikrni bildirdi. «Vashingtondan Kiyevga moliyaviy ko‘makning yakuni haqida hech qanday alomat yo‘q», deb ta’kidladi Germaniya mudofaa vaziri. «Ha, bu sodir bo‘lishi mumkin, ammo yevropaliklar tayyor va Germaniya mas’uliyatni (Ukrainaga keyingi harbiy yordamni moliyalashtirish uchun) o‘z zimmasiga olishga tayyor».
Mavzuga oid

12:15
Germaniya tashqi ishlar vaziri: Lavrovga qo‘ng‘iroq qilish uchun hech qanday sabab ko‘rmayapman

11:33
Germaniya Ukrainaga TAURUS raketalarini yetkazib berish haqida «o‘ylamayapti»

15:14 / 12.06.2025
Nemis generali sharqiy qanotdagi NATO qo‘mondonligini qabul qilib oldi

21:30 / 10.06.2025