Jahon | 11:12 / 15.06.2025
12363
4 daqiqa o‘qiladi

🔴LIVE:Isroil–Eron urushi uchinchi kunga o‘tdi. Voqealar qanday rivojlanmoqda?

Isroilning ikkinchi kungi zarbalari energetika obektlariga qaratildi. Netanyahu Erondagi reja qilingan nishonlarning barchasi yakson etilishini aytdi. Eron ham zarbalarning yangi to‘lqinini amalga oshirdi. Bugun Ummonda o‘tishi kerak bo‘lgan AQSh–Eron muzokaralari bekor qilindi.

Jarayonlarga ekspertlar munosabati – Kun.uz studiyasidagi jonli efirda muhokama qilindi.

— Eron-Isroil urushida dunyo davlatlari o‘z tomonlarini tanlayotgandek, bu «Jahon urushlari» kabi guruhlarga bo‘linishmi?

— Kamoliddin Rabbimov: Isroil-Eron urushi ayni vaqtda jahon urushiga aylanish ehtimoli kam, uning uchun ishtirokchilar soni bir qancha bo‘lishi kerak. Ma’lumotlarga ko‘ra, Eron Tashqi ishlar vaziri Qatarga va O‘mon sultonligiga murojaat qilib, Amerika bilan tinchlik kelishuvlariga vositachilik qilishni so‘rayapti. Eron kelishuv izlayapti, Tehron urush cho‘zilishini xohlamayapti.

Asosiy masala iqtisodiy-ijtimoiy va to‘laqonli bosim, ya’ni Amerika bilan urushdan Eron manfaatdor emas. Chunki siyosiy tizim, balki, butun bir risklarni inobatga olib, «Mayli, hozircha o‘zimizni mustahkamlab tinchlik kelishuviga erishib turaylik, lekin vaqt keladi, biz o‘zimiz uchun kerakli bo‘gan qalqonni yaratib olganimizdan keyin boshqacha gaplashamiz», degan bo‘lishi ham mumkin.

Masalan, Islom hamkorlik tashkiloti a’zolari uchrashib, biror qaror qabul qilishi uchun kamida tashqi ishlar vazirlari darajasidagi uchrashuv bo‘lishi kerak. Undan oldin davlatlar umumiy pozitsiyalarini muvofiqlashtirib olishi zarur, shuning uchun ham mening nazarimda tashkilot ichida jarayon allaqachon boshlangan.

— Bektosh Berdiyev: Pokiston tomonida bugun agar biz Eronni bombardimon qilib tiz cho‘ktirishga yo‘l qo‘ysak, navbat bizga ham keladi degan tafakkur bor. Erondan keyingi nishon Turkiya bo‘lishi mumkin, undan so‘ng yadroviy qudratga ega Pokiston, mintaqa yetakchisi Saudiya Arabistoni Isroil rejasida deyish mumkin. Bu navbat Misrga ham yetib borishi mumkin. Yaqinda Isroilning mudofaa vaziri alohida tilga oldi, «Misrga buncha qurol nimaga kerak? Biz Misrning qurollanishini jim kuzatyapmiz» deb bayonot berdi. Saudiya Arabistonining pozitsiyasi Islom hamkorlik tashkilotida ko‘p narsani anglatadi, shuning uchun hozircha Saudiya Arabistoni indamay turibdi.

Shuningdek, Netanyahu bayonotida «Agar Eron bizning arab qo‘shnilarimizga hujum qilsa, biz bunga jim qarab turmaymiz dedi, ya’ni u Saudiya Arabistonini ittifoqchim demoqchimi?! Shu kabi savollar hali ham ochiq va yaqin kunlarda Isroilga o‘z havo hududidan yordam berganlar baribir ochiqlanadi.

— Yadro quroliga ega Pokiston musulmon dunyosida yetakchilikni qo‘ga oladimi?

— Kamoliddin Rabbimov: Islom hamkorlik tashkilotida yoki Arab davlatlari ligasida ham asosiy yetakchi bu Saudiya Arabistoni. Saudiyaning eng asosiy resursi unda Makka va Madina joylashgani. Ya’ni Islom dinida ikkita markaz mavjud. Birinchisi aqidaviy ya’ni doktrinal markaz bu Qur’on. Bu universal ma’no hamda makon yaratadigan bir markaz. Ikkinchisi, geografik markaz Makka va Ka’ba fenomeni. Ya’ni Islom dinida Islom ummati yig‘ila oladigan yagona nuqta fenomeni mavjud. Boshqa sivilizatsiyalarda buning muqobili mavjud emas. Xristian dunyosining geografik markazi mavjud emas. Yahudiylik dinining ham geografik markazi mavjud emas.

Shuningdek, suhbat davomida Isroil-Eron urushing eng nozik nuqtalari muhokama qilindi, suhbatni YouTube platformasida tomosha qiling.

Video thumbnail
{Yii::t(}
O'tkazib yuborish 6s

Mavzuga oid