O‘zbekiston | 09:42 / 24.06.2025
2032
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Mo‘g‘ulistonga jo‘nab ketdi

Tashrif dasturiga muvofiq, Ulan-Bator shahrida ikki tomonlama uchrashuvlar va oliy darajadagi tadbirlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsuxning taklifiga binoan 24 iyun kuni davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi.

Tashrif dasturiga muvofiq, Ulan-Bator shahrida ikki tomonlama uchrashuvlar va oliy darajadagi tadbirlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

Ko‘p qirrali O‘zbekiston-Mo‘g‘uliston munosabatlarini yanada rivojlantirish va amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqiladi.

Mavzuga oid