Shavkat Mirziyoyevning Mo‘g‘ulistonga davlat tashrifi boshlandi
Shavkat Mirziyoyev Mo‘g‘uliston prezidentining taklifiga binoan rafiqasi bilan birga davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatga keldi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsuxning taklifiga binoan rafiqasi bilan birga davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatga keldi.
Davlat rahbarini Mo‘g‘uliston tashqi ishlar vaziri Batmunx Batsetseg va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Ikki mamlakat bayroqlari bilan bezatilgan "Buyant-Uxaa" aeroportida oliy martabali mehmonlar sharafiga faxriy qorovul saf tortdi.
Tashrif dasturiga muvofiq, bugun oliy darajadagi O‘zbekiston-Mo‘g‘uliston muzokaralari bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid

19:42 / 24.06.2025
O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston o‘rtasida qo‘shma deklaratsiya imzolandi

18:33 / 24.06.2025
Shavkat Mirziyoyev Mo‘g‘uliston prezidenti bilan muzokara o‘tkazdi

17:29 / 24.06.2025
Mo‘g‘ulistonda O‘zbekiston prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi

15:23 / 24.06.2025