Pokistonda kuchli yomg‘ir oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi
Shuningdek, yana 27 kishi jarohat olgan. Bunga asosan tom va devorlarning qulashi yoki elektr toki urishi sabab bo‘lgan.

Foto: Anadolu Agency
Pokistonning Panjob viloyatida kuchli yomg‘irlar va kuchli bo‘ronlar oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda mintaqaviy qutqaruv va tabiiy ofatlarni boshqarish xizmati xabar berdi.
Rasmiylar ma’lumotlariga ko‘ra, kuchli yomg‘ir davom etmoqda va allaqachon bir necha kishining o‘limiga sabab bo‘lgan. Aholidan ehtiyot choralariga rioya qilish so‘ralmoqda.
Ta’kidlanishicha, ikki erkak Jalem daryosiga cho‘kib ketgan, Okar va Baxavalnagarda bir nafardan bola holak bo‘lgan, Muzaffargarhda devor ikki kishini bosib qolgan, Hanevalda esa bir kishi yashin urishi oqibatida vafot etgan.
Xinhua agentligiga ko‘ra, mamlakat bo‘ylab 27 kishi jarohat olgan. Bunga asosan tom va devorlarning qulashi yoki elektr toki urishi sabab bo‘lgan.
Tabiiy ofatlarga qarshi kurashish bo‘yicha mintaqaviy boshqarma rahbari Irfon Ali Katianing ma’lum qilishicha, noqulay ob-havo sharoiti 1 iyulga qadar davom etadi. Shuningdek, u aholini ehtimoliy oqibatlarga tayyorgarlik ko‘rishga chaqirdi.
Eslatib o‘tamiz, iyun boshlarida Hindistonda kuchli yomg‘ir 44 kishining hayotiga zomin bo‘lgandi. Kuchli yomg‘irlar 1500 dan ortiq qishloqqa va 14 739 gektardan ortiq qishloq xo‘jaligi yerlariga zarar yetkazgan.
Mavzuga oid

16:35
Pokistonda xudkush-terrorchi hujumi oqibatida 16 harbiy halok bo‘ldi

00:06 / 22.06.2025
Pokiston Trampni Nobel mukofotiga nomzod sifatida ko‘rsatmoqchi

21:50 / 17.06.2025
Hindiston Pokistonga oqadigan daryolarning «ortiqcha suvini» o‘z hududiga yo‘naltirmoqchi

13:35 / 06.06.2025