Jamiyat | 10:41 / 03.07.2025
1632
1 daqiqa o‘qiladi

Chilonzorda qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan Lacetti Damas bilan to‘qnashdi

Joriy yilning 2 iyul kuni soat 00:50 larda Chilonzor tumani Qovunchi-Guliston ko‘chalari kesishmasida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi.

Toshkent shahar IIBB YHXB xabariga ko‘ra, haydovchi S.Ya. Lacetti rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketish oqibatida haydovchi L.V. boshqaruvida bo‘lgan Damas-2 rusumli avtomashinasi tilan to‘qnashib, yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

YTH natijasida Damas-2 transport vositasining haydovchisiga shifokorlar tomonidan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid