Jahon | 07:37 / 03.07.2025
2642
2 daqiqa o‘qiladi

Lukashenko yil oxirigacha «Oreshnik» Belarusda joylashtirilishini ma’lum qildi

Prezident bu qadamni mamlakat milliy xavfsizligini mustahkamlashga qaratilgan sa’y-harakatlarning bir qismi sifatida baholadi.

Foto: Belarus prezidenti matbuot xizmati

Rossiyaning «Oreshnik» eng yangi gipertovushli ballistik raketa tizimi joriy yil oxirigacha Belarusda joylashtiriladi.

Bu haqda prezident Aleksandr Lukashenko respublika Mustaqillik kuniga bag‘ishlangan tantanali tadbirda ma’lum qildi.

«Volgogradda Putin bilan kelishib oldik. «Oreshnik»ning dastlabki pozitsiyalari Belarusda bo‘ladi. «Oreshnik» qanday ishlashini ko‘rdingiz. Yil oxiriga qadar bu qurol Belarusda joylashtiriladi. «Oreshnik» Belarus tuprog‘ida bo‘ladi», — dedi u.

Lukashenko bu qadamni mamlakat milliy xavfsizligini mustahkamlash harakatlarining bir qismi sifatida baholadi. Uning fikricha, bu suverenitetni himoya qilish va tashqi tahdidlarning oldini olish uchun zarur.

«Oreshnik» — bir nechta jangovar kallaklarga ega Rossiyaning eng yangi ballistik gipertovushli raketasi. U ham yadroviy, ham yadrosiz variantda jihozlanishi mumkin. Raketaning uchish masofasi 5500 kilometrni tashkil qiladi.

Mavzuga oid