Iqtisodiyot | 23:07 / 05.07.2025
1865
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston, Ozarboyjon va Qozog‘iston «yashil energiya» yo‘lagi bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etdi

2030 yildan boshlab, O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan ortiqcha «yashil» elektr energiyani Qozog‘iston va Ozarboyjon orqali Yevropaga eksport qilish rejalashtirilmoqda.

Foto: O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari

1 iyul kuni Ozarboyjonning «Azerenerji» OAJ, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ va Qozog‘istonning «KEGOS» AJ vakillari Bokuda faoliyat yuritadigan «Green Corridor Alliance» MChJ qo‘shma korxonasini ta’sis etish va uning ustavini tasdiqlash to‘g‘risidagi bitimni imzoladi.

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ xabariga ko‘ra, loyihaning amalga oshirilishi mamlakatlar uchun energetik xavfsizlikni ta’minlash, barqaror rivojlanish maqsadlar va Yevropaga «yashil energiya» eksportini amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Eslatib o‘tamiz, 2024 yil 13 noyabr kuni Ozarboyjonning Boku shahrida bo‘lib o‘tgan COP-29 xalqaro iqlim sammiti doirasida O‘zbekiston, Qozog‘iston va Ozarboyjon prezidentlari o‘rtasida «yashil energiya»ni rivojlantirish va uzatish sohasida strategik sheriklik to‘g‘risidagi bitim imzolangan edi. 2030 yildan boshlab, O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan ortiqcha «yashil» elektr energiyani Qozog‘iston va Ozarboyjon orqali Yevropaga eksport qilish rejalashtirilmoqda.

Mavzuga oid