Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temir yo‘li qurilishiga O‘zbekiston kompaniyalari ham jalb qilinishi mumkin
O‘zbekiston transport vaziri loyiha doirasida subpudrat ishlarini bajarish uchun O‘zbekiston korxonalarini jalb qilish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishni taklif qildi.

Foto: Transport vazirligi
O‘zbekiston transport vaziri Ilhom Mahkamov Xitoy temir yo‘llari davlat korporatsiyasi bosh direktori Syude Sun va Xitoy taraqqiyot va islohotlar milliy komissiyasi xorijiy investitsiyalar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Jin Sin bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Tomonlar, jumladan, «Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temir yo‘li qurilishi loyihasini amalga oshirish borasidagi ishlarning bugungi holatini muhokama qildi, shuningdek, ushbu bosqichda yuzaga kelayotgan masalalarga ham to‘xtaldi.
Ilhom Mahkamov loyiha doirasida subpudrat ishlarini bajarish uchun O‘zbekiston korxonalarini jalb qilish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishni taklif qildi. U O‘zbekistonning milliy xomashyo bazasi va ishlab chiqarish salohiyatidan foydalanish maqsadga muvofiqligini, uning fikricha, bu loyiha samaradorligini oshirish va mahalliy tadbirkorlik sub’yektlari uchun qo‘shimcha iqtisodiy imkoniyatlar yaratishini ta’kidladi.
Bundan tashqari, «Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» yo‘nalishi bo‘ylab yuk tashish hajmining o‘sishini va transport oqimlarining faol rivojlanishini rag‘batlantirish maqsadida Qashg‘ar stansiyasiga eksport stansiyasi maqomini berishni tavsiya qildi, bu esa yo‘nalishning logistika funksionalligini kengaytiradi va uning raqobatbardosh ustunliklarini mustahkamlaydi.
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» loyihasi umumiy uzunligi 532,53 kilometr bo‘lgan temir yo‘l liniyasi hisoblanadi.
U Xitoy va O‘zbekiston temir yo‘llarini Qirg‘iziston hududi orqali bog‘laydi. Loyihaning maqsadi yangi «Ipak yo‘li» transport tizimining bir qismi sifatida Yevropa temir yo‘l tarmog‘i bilan bog‘lanishdir. Yo‘nalish Xitoyning Qashqar shahridan Torugart nazorat-o‘tkazish punkti, Arpa vodiysi (Farg‘ona tizmasi), so‘ngra Qo‘shtepa, Makmal qishloqlari va Jalolobod shahridan O‘zbekistonga o‘tadi.
Mavzuga oid

22:15 / 10.07.2025
Xitoyda Shinjon-Uyg‘ur avtonomiyasi amaldori o‘limga hukm qilindi

17:15 / 10.07.2025
12,6 ming dollarga krossover - Geely Icon 2026 taqdim etildi

09:35 / 10.07.2025
Xitoy Guanchjou-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri havo qatnovlarini yo‘lga qo‘ydi

08:58 / 10.07.2025