Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda Shinjon-Uyg‘ur avtonomiyasi amaldori o‘limga hukm qilindi
U 19 yil davomida korrupsion jinoyatlarni sodir etib kelgan. Sudlanuvchi bu vaqt davomida 32 mln dollar noqonuniy daromad ko‘rgan.

Foto: Shanghai Daily
Lyuchjou shahri xalq sudi 9 iyul kuni Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni Xalq siyosiy maslahat kengashi raisining sobiq o‘rinbosari Dou Vanguyni poraxo‘rlik ishida aybdor deb topdi. Bu haqda Sinxua agentligi xabar berdi.
Sobiq amaldor jazoni ijro etishni ikki yilga kechiktirish imkoniyati bilan o‘lim jazosiga hukm qilindi, butun umrga siyosiy huquqlardan mahrum etildi, uning shaxsiy boyligi esa musorada qilinadi.
Qayd etilishicha, Dou Vanguy 2024 yilning may oyida tergovga tortilgan, oktyabr oyida esa u hibsga olingan. Sudning aniqlashicha, sudlanuvchichi 19 yil davomida (2003-2022 yillar) korrupsion jinoyatlarni sodir etib kelgan.
Shinjonda turli rahbarlik lavozimlarini egallagan Vanguy konchilik, korporativ biznes faoliyati va mansab lavozimlarida ko‘tarilish bilan bog‘liq ishlarda o‘z vakolatini suiiste’mol qilgan. Uning noqonuniy daromadi 229 million yuandan (qariyb 32 million dollar) oshadi.
Sud qaroriga ko‘ra, amaldor o‘z aybiga iqrorlik bildirgani, qilgan ishlaridan pushaymonligi, shuningdek, noqonuniy qo‘lga kiritgan mablag‘larni qaytargani jazoni yengillashtiruvchi holatlar sifatida hisobga olingan.
Mavzuga oid

18:19 / 10.07.2025
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temir yo‘li qurilishiga O‘zbekiston kompaniyalari ham jalb qilinishi mumkin

17:15 / 10.07.2025
12,6 ming dollarga krossover - Geely Icon 2026 taqdim etildi

09:35 / 10.07.2025
Xitoy Guanchjou-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri havo qatnovlarini yo‘lga qo‘ydi

08:58 / 10.07.2025