Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoroda kelinini pichoqlab o‘ldirgan qaynota 7 yilga qamaldi
Buxoro viloyati Kogon shahrida qaynota kelinini pichoqlab o‘ldirdi.
Oliy sud xabar berishicha, 68 yoshli, asli Toshkent viloyatida tug‘ilgan va uzoq yillardan buyon Buxoro viloyatining Kogon shahrida yashab kelgan rus millatiga mansub erkak spirtli ichimliklar iste’mol qilib atrofdagilar bilan tez-tez janjal va kelishmovchiliklarga borib turgan.
Shunday kunlarning birida u o‘g‘li bilan birga yashab kelayotgan kelini bilan ham o‘zaro tortishuvga borgan. Jahli chiqqan kelin qaynotasini itarib yuborib, uni o‘qlov bilan ura boshlagan. Spirtli ichimlik ta’sirida bo‘lgan qaynota o‘zini himoya qilish uchun oshxona pichog‘ini olib, keliniga tashlangan.
Pichoq bilan kelinining qorin va qorin usti qismiga urgan. Ayol ko‘chaga chiqib, qo‘ni-qo‘shnilardan yordam so‘ragan. Jabrlanuvchiga tezkor tibbiy yordam ko‘rsatilishi va muolajalar olib borilishiga qaramay, u kasalxonada vafot etgan.
Qaynota sud-tergov jarayonlarida qilmishidan pushaymonligini, sog‘lig‘ining yomonligini, nafaqaxo‘r ekanligini inobatga olib, unga nisbatan adolatli qaror chiqarishni so‘rab ko‘rsatma bergan.
Aybdorga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) bilan ish qo‘zg‘atilgan. U jinoyat ishlari bo‘yicha Kogon shahar sudi hukmi bilan 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan.
Mavzuga oid

08:52 / 13.06.2025
“Hissiyotli gapirishga to‘g‘ri kelgan” – Buxoro viloyati hokimining gapiga munosabat bildirildi

21:32 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi

11:43 / 03.05.2025
“10 marta takrorlab, eslab qolaman” – 205 ta davlat poytaxtlarini yoddan biladigan 8 yoshli Shukrona

10:57 / 23.01.2025