Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy Rossiya bilan keyingi muzokaralar shartlarini aytdi
Ukraina va Rossiyaning yetakchilar darajasidagi uchrashuviga tayyorgarlik bir qator shartlar bajarilgandan keyingina boshlanishi mumkin, dedi Volodimir Zelenskiy. Shu bilan birga, u Ukraina-Rossiya-AQSh formatini afzal deb hisoblayapti.

Foto: AP
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Moskva bilan keyingi muzokaralar shartlarini aytdi. «Biz tomonlarning ikkinchi uchrashuvda kelishib olgan narsalarini – o‘shanda Istanbulda kelishilgan almashinuvlarni yakunlashimiz kerak», dedi Zelenskiy 10 iyul, payshanba kuni Rimda Ukrainani urushdan keyingi qayta tiklash bo‘yicha 4-xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tayotgan matbuot anjumanida. Ukraina prezidentining so‘zlarini "Suspіlne" telekanali keltirmoqda.
2 iyun kuni Istanbulda Rossiya va Ukraina vakillari o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralarning ikkinchi raundi bo‘lib o‘tdi. Tomonlar og‘ir yaralangan askarlar va 25 yoshgacha bo‘lgan asirlarni almashish, shuningdek, urushda halok bo‘lgan 6000 nafar harbiy xizmatchilarning jasadini bir-biriga topshirishga kelishib oldi. Shundan so‘ng bir qator harbiy asirlar almashinuvi bo‘lib o‘tdi — xususan, 9, 10, 12, 19 va 20 iyun kunlari. Shu bilan birga, halok bo‘lganlarning jasadlarini almashish davom etdi.
Volodimir Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, almashinuvlar yaqin orada yakunlanadi. «Faqat shundan keyingina jamoalar samarali variantni muhokama qilish – yetakchilar darajasidagi uchrashuvni tayyorlashga o‘tishi mumkin bo‘ladi», dedi u.
Zelenskiy uchun eng maqbul format bu davlat rahbarlari darajasidagi Ukraina-Rossiya-AQSh formatidir. Stolda nafaqat so‘zlar, balki «aniq kafolatlar» ham eshitilishi kerak, deb ta’kidladi u.
Shu bilan birga, Ukraina prezidenti Vatikan, Avstriya, Shveytsariya va Turkiya allaqachon muloqot uchun platformalar taqdim etishni taklif qilganini eslatdi.
Mavzuga oid

21:39
NYT: Kiyevda otib ketilgan polkovnik UXX maxfiy bo‘linmasini boshqargan

21:05
“Kavkazda Rossiya endi lider emas, oddiy ishtirokchiga aylanmoqda” - siyosatshunos

16:42
Rossiyaning yagona aviatashuvchi kemasi utilizatsiya qilinishi mumkin

16:30