Jahon | 23:30 / 18.07.2025
742
2 daqiqa o‘qiladi

Ukraina «Gazprom» serverlariga keng ko‘lamli hakerlik hujumi uyushtirganini e’lon qildi

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hakerlik hujumi oqibatida «katta hajmdagi ma’lumotlar» yo‘q qilingan, shuningdek, kompaniyaning axborot tizimlarini yanada buzish uchun mo‘ljallangan maxsus dasturiy ta’minot o‘rnatilgan.

Foto: NurPhoto

Ukraina Bosh razvedka boshqarmasi (GUR) 17 iyul kuni Rossiyaning «Gazprom» kompaniyasi tarmoq infratuzilmasiga keng ko‘lamli kiberhujum uyushtirdi, deb xabar berdi Kyiv Independent idoradagi manbasiga tayanib.

Operatsiyaning nishoni, suhbatdoshning ta’kidlashicha, dunyodagi eng yirik gaz ishlab chiqaruvchi va eksport qiluvchilardan biri bo‘lgan «Gazprom» va uning shu’ba korxonalarining kompyuter tizimlari edi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hakerlik hujumi oqibatida «katta hajmdagi ma’lumotlar» yo‘q qilingan, shuningdek, kompaniyaning axborot tizimlarini yanada buzish uchun mo‘ljallangan maxsus dasturiy ta’minot o‘rnatilgan.

Manbaning ta’kidlashicha, 20 mingga yaqin administratorlar uchun «Gazprom»ning ichki tizimlariga kirish cheklab qo‘yilgan, asosiy ma’lumotlar bazalarining zaxira nusxalari yo‘q qilingan.

Kiberhujum «Gazprom teploenergo», «Gazprom oblenergo» va «Gazprom energosbyt» kabi 390 ga yaqin shu’ba korxonalari va filiallariga ta’sir qilgan.

«Gazprom» kompaniyasi keng ko‘lamli hakerlik hujumi haqidagi xabarga izoh bermadi.

Mavzuga oid