Jahon | 08:53
3454
2 daqiqa o‘qiladi

Kiyev qurol ishlab chiqaruvchilarga mahsulotini urushda sinab ko‘rishni taklif qilmoqda

Qurol-yarog‘ ishlab chiqaruvchi kompaniyalar o‘z mahsulotlarini Ukrainaga jo‘natib, ulardan jangovar harakatlarda qo‘llanishi haqida hisobot olishi mumkin, deya taklif qilyapti Kiyev.

Foto: Nikoletta Stoyanova / Getty Images

Ukraina xorijlik qurol ishlab chiqaruvchilarga Rossiyaga qarshi urushda o‘z mahsulotlarini jangovar sharoitlarda sinab ko‘rishni taklif qildi, deb xabar berdi Reuters tegishli dastur tashkilotchilariga tayanib.

Ukraina rasmiylariga ko‘ra, qurol-yarog‘ ishlab chiqaruvchi kompaniyalar o‘z mahsulotlarini Ukrainaga jo‘natishi, ulardan foydalanish bo‘yicha onlayn treninglar o‘tkazishi, so‘ngra ukrainalik harbiylar ularni sinovdan o‘tkazishi va jangovar texnika va qurollardan foydalanish bo‘yicha hisobot yuborishini kutishi mumkin.

Test in Ukraine dasturi Ukraina hukumati tomonidan qurol-yarog‘ sektoriga investitsiyalar va xaridlar uchun yaratilgan Brave1 platformasi tomonidan boshqariladi. «Bu bizga qanday texnologiyalar mavjudligi haqida tushuncha beradi. Bu kompaniyalarga haqiqatan ham oldingi chiziqda nima ishlayotgani haqida tushuncha beradi», dedi Brave1 investorlar bilan aloqalar bo‘limi rahbari Artem Moroz Reuters agentligiga.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ishlab chiqaruvchilar bunday sxemaga katta qiziqish bildirgan. U aniq kompaniyalar nomini aytmadi, dastur qanday ishlashi va agar mavjud bo‘lsa, qanday xarajatlar talab qilinishi haqida batafsil ma’lumot berishdan bosh tortdi, deb yozadi Reuters.

Mavzuga oid