O‘zbekiston | 12:11 / 29.07.2025
1504
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Airbus havo kemalari parkini kengaytirishga kelishib oldi

O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov va Airbus kompaniyasining Yevropa bo‘yicha prezidenti Yoxan Pelissi o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Foto: Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, tomonlar O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi fuqaro aviatsiyasi sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi

Xususan, O‘zbekiston havo kemalari parkini modernizatsiya qilish va kengaytirish orqali turistik oqimni oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, Toshkent davlat transport universiteti hamda Airbus kompaniyasi o‘rtasida uchuvchilarni tayyorlashga oid maxsus dastur ishlab chiqilishi bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Mavzuga oid