Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kramatorskka raketa zarbasi oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi
Ko‘p qavatli uyga raketa urilishi oqibatida 11 kishi yaralangan, vayronalar ostida yana odamlar qolmoqda.

Foto: Ukraina FVDX
RF qurolli kuchlari 31 iyul kuni Donetsk oblastining Kramatorsk shahridagi ko‘p qavatli uyga yo‘llagan raketa zarbasidan keyin qidiruv-qutqaruv ishlari davom ettirilmoqda. Hozirgacha qurbonlar soni 6 kishini tashkil etmoqda, hali vayronalar ostida odamlar qolmoqda.
«Kramatorskka yo‘llangan zarbaning yana bir qurboni jasadi ko‘p qavatli uy xarobalari ostidan chiqarib olindi», deya Donetsk oblasti harbiy ma’muriyati rahbari Vadim Filashkinning so‘zlarini keltirgan RBK-Ukraina.
Filashkinning so‘zlariga ko‘ra, ayni vaqtda qurbonlar soni olti nafarga yetgan, 11 kishi yaralangan.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, vayronalar ostida yana to‘rt kishi jasadi qolmoqda. Qidiruv-qutqaruv amaliyoti davom etmoqda.
Kramatorskka zarba
31 iyul kuni soat 15:00 atrofida Kramatorskda kuchli portlash sodir bo‘lgani ma’lum bo‘lgandi. Shahar markazida tutun ustuni ko‘tarilgandi.
Shundan so‘ng, Kramatorsk shahri harbiy ma’muriyati rahbari rossiyalik harbiylar shaharga zarba berganini tasdiqladi va dastlabki qurbonlar haqida xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, zarba oqibatida besh qavatli turar joy binosining yarmi butunlay vayron bo‘lgan. Mahalliy rasmiylar ma’lum qilishicha, raketalardan biri to‘g‘ri uyga kelib urilgan.
3 avgust kuni RF hujumidan besh kishi halok bo‘lgani xabar qilingandi.
Ma’lumot uchun, Donetsk oblastida joylashgan Kramatorsk Rossiya qo‘shinlari tomonidan bir necha oydan beri doimiy tahdid ostida qolmoqda.
Ukraina sharqidagi eng yirik gumanitar va logistika hablaridan biri bo‘lib qolayotgan shahar muntazam ravishda raketa va aviatsiya zarbalariga uchramoqda.
Mavzuga oid

19:11
Ukrainadagi urushda Rossiya tomonida qatnashgan o‘zbekistonlikka hukm o‘qildi

18:55
Ukraina Rossiyadagi temiryo‘llarga zarbalarni ko‘paytirmoqda

14:23
Putin 1994 yildayoq Ukraina sharqi va Qozog‘iston shimoli «doim Rossiya davlatining bir qismi bo‘lgani»ni aytgan

00:05