Jahon | 13:38
1395
2 daqiqa o‘qiladi

Nemislarning 59 foizi qo‘lida qurol bilan Germaniyani himoya qilishga tayyor emas

O‘tkazilgan so‘rov shuni ko‘rsatdiki, Germaniya fuqarolarining yarmidan ko‘pi (59 foizi) agar mamlakat hujumga uchrasa, qo‘lida qurol bilan uni himoya qilmaydi. Aksariyat - majburiy harbiy xizmatni o‘tash tarafdori, yoshlar esa bunga qarshi.

Foto: Michael Bihlmayer/CHROMORANGE/picture alliance

Germaniya fuqarolarining yarmidan ko‘pi (59 foizi), agar mamlakat hujumga uchrasa, qo‘lida qurol bilan uni himoya qilmaydi. Bu Forsa sotsiologiya instituti tomonidan 4 avgust, dushanba kuni Redaktionsnetzwerk Deutschland (RND) media guruhi tomonidan e’lon qilingan so‘rov natijalari.

Sotsiologlar 28-29 iyul kunlari 1002 kishi — erkaklar va ayollar o‘rtasida so‘rov o‘tkazdi. «Hujum sodir bo‘lsa, Germaniyani qo‘lingizda qurol bilan himoya qilasizmi?» degan savolga faqat 16 foiz «albatta ha» deb javob berdi. 22 foiz «ehtimol», 59 foiz «ehtimol yo‘q» yoki «umuman yo‘q» deya javob qaytardi.

Erkaklar orasida respondentlarning 46 foizi mamlakatni himoya qilishga tayyor emas, ayollar orasida esa 72 foiz. Yosh guruhlarida mudofaaga tayyor bo‘lmaganlarning eng ko‘pi (68 foiz) 60 yoshdan oshganlardir. Partiya tarafdorlaridan — So‘l partiya saylovchilari orasida (71 foiz).

«Bundesverda ko‘ngillilar yetarli bo‘lmasa, majburiy harbiy xizmat zarurmi?» degan savolga respondentlarning 59 foizi ijobiy, 37 foizi salbiy javob berdi. Muddatli harbiy xizmatga chaqirishga qarshi bo‘lganlarning eng ko‘p qismi yoshlar (61 foiz) bo‘lib, bu ularning o‘ziga nisbatan qo‘llanishi mumkin. Muddatli harbiy xizmatni qo‘llab-quvvatlovchilarning eng ko‘p qismi (67 foiz) 60 yoshdan oshgan va endi chaqirilmaydigan shaxslardir.

Mavzuga oid