Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Chikungunya bezgagi O‘zbekistonda tarqalmaydi” – Sanepidqo‘mita
Xitoyda bir hafta ichida uch mingga yaqin kishida aniqlangan chikungunya bezgagi O‘zbekistonga xavf tug‘dirmaydi. Sanepidqo‘mitaga ko‘ra, ushbu kasallikni tarqatuvchi chivinlar respublika tabiatida uchramaydi.

Foto: Getty images
Xitoyda ko‘paygan chikungunya bezgagi O‘zbekistonda tarqalmaydi. Bu haqda Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, ushbu kasallikni tarqatuvchi chivinlar O‘zbekiston tabiatida uchramaydi.
Xitoyning Guandun provinsiyasida bir hafta ichida 2800 nafardan ortiq insonda chikungunya bezgagi aniqlangan. 27 iyuldan 2 avgustga qadar virus yuqtirish bilan bog‘liq 2892 ta yangi holat qayd etilgan.
“Epidemiya avj olishi jilovlandi, biroq kasallik yuqtiruvchi chivinlar sababli uning profilaktikasi va nazorati borasida jiddiy muammolar mavjud”, degandi Guandun provinsiyasi kasalliklarni profilaktika va nazorat qilish markazining yuqumli kasalliklar bo‘yicha bosh eksperti Kan Min.
Mavzuga oid

14:22 / 05.08.2025
Toshkentda besh yulduzli «Pekin» mehmonxonasi quriladi

11:48 / 04.08.2025
Rossiya va Xitoy harbiy mashqlari: Yapon dengizida manyovrlar boshlandi

09:59 / 04.08.2025
O‘zbekiston va Xitoy OTM o‘rtasida akademik almashinuv dasturlari kengayadi

23:43 / 03.08.2025