O‘zbekiston | 11:46 / 05.08.2025
2516
2 daqiqa o‘qiladi

Meta, Google va Apple kabi kompaniyalar O‘zbekistonda qancha soliq to‘layapti?

Joriy yil birinchi yarmida O‘zbekistonda Meta korporatsiyasi (Facebook, Instagram, WhatsApp egasi) 22,6 mlrd so‘m, Apple 22,1 mlrd so‘m, Google 19,4 mlrd so‘m soliq to‘lagan.

O‘zbekistonda elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi 72 ta xorijiy kompaniya tomonidan 2025 yil yanvar-iyun oylarida 78,2 mlrd so‘m soliq to‘langan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 42 foizga ko‘p. Bu haqda Soliq qo‘mitasi xabar berdi.

Eng ko‘p soliq Meta korporatsiyasi (Facebook, Instagram, WhatsApp egasi) tomonidan to‘langan – 22,6 milliard so‘m.

To‘langan soliqlarning 94 foizi elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi 10 ta xorijiy kompaniya hissasiga to‘g‘ri keladi:

  • Meta – 22,6 mlrd so‘m;
  • Apple – 22,1 mlrd so‘m;
  • Google – 19,4 mlrd so‘m;
  • OpenAI – 2,9 mlrd so‘m;
  • Vooking.com – 1,9 mlrd so‘m;
  • Tik-Tok – 1,8 mlrd so‘m;
  • Netflix – 896 mln so‘m;
  • Assa – 797 mln so‘m;
  • Zoom – 786 mln so‘m;
  • Adobe – 530 mln so‘m.

Elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi chet el yuridik shaxslari O‘zbekistonda o‘tgan chorakdan keyingi oyning 20-kunidan kechiktirmay soliq hisobotlarini taqdim etadi va soliqlarni to‘laydi.

Mavzuga oid