Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda birinchi marta tungi yorug‘lik asosida iqtisodiy faollik baholandi
Tahlil sun’iy intellekt texnologiyalari asosida amalga oshirildi. Ushbu yondashuv xalqaro amaliyotda farovonlik darajasini baholash hamda mahalliy rivojlanishni aniq va mustaqil tarzda o‘lchashning tezkor vazifasi sifatida qo‘llaniladi.

Foto: Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi NASA tungi yorug‘lik (NTL) ma’lumotlari asosida birinchi marta O‘zbekistondagi viloyatlar va shaharlar darajasidagi iqtisodiy faollikni baholash uchun foydalandi.
Qayd qilinishicha, tahlil sun’iy intellekt texnologiyalari asosida amalga oshirilgan. Ushbu yondashuv xalqaro amaliyotda farovonlik darajasini baholash hamda mahalliy rivojlanishni aniq va mustaqil tarzda o‘lchashning tezkor vazifasi sifatida qo‘llaniladi.
Natijalar sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlari va rasmiy statistika o‘rtasida yuqori darajada moslik mavjudligini tasdiqlaydi. Xususan, 2020–2024 yillar davrida NTL ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan YaHM 63,5 foizga o‘sib, 2011 dollardan 3287 dollarga yetgan. Bu ko‘rsatkich rasmiy statistikada qayd etilgan 59,4 foizlik o‘sish bilan deyarli mos keladi.
Eng katta o‘sish Toshkent shahrida qayd etilgan bo‘lib, o‘tgan 5 yilda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan YaHM 3,2 ming dollarga oshib, 7,2 ming dollarga yetgan. Poytaxtning ayrim hududlarida, jumladan, Mirobod, Yakkasaroy va Yunusobod tumanlarida bu ko‘rsatkich 9 ming dollardan oshgan bo‘lib, mamlakatdagi yirik shaharlar bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichdan deyarli 2 barobar yuqoridir.
2024 yilda shaharlar kesimida aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan YaHM eng yuqori ko‘rsatkichlari Navoiy (8,3 ming dollar), Zarafshon (6,8 ming dollar), Samarqand (5,7 ming dollar), Qo‘qon (5,6 ming dollar), Andijon (5,1 ming dollar), Yangiyo‘l (5 ming dollar) va Qarshi (4,8 ming dollar) shaharlarida qayd etildi.
Shuningdek, Termiz (4,5 ming dollar), Urganch, Marg‘ilon, Kattaqo‘rg‘on (4,3 ming dollar) va Chirchiq (4 ming dollar) kabi kichik va o‘rta shaharlarda ham yuqori iqtisodiy faollik kuzatilmoqda.
Shu bilan birga, tungi yorug‘lik ma’lumotlaridan foydalanish orqali tumanlar kesimida urbanizatsiya darajasi ham baholandi. Xususan, 2020–2024 yillar davomida shahar aglomeratsiyalariga xos bo‘lgan tungi yorug‘lik darajasi (NTL ko‘rsatkichi o‘ndan yuqori) yuqori bo‘lgan hududlar soni 21 tadan 26 tagacha oshdi.
O‘z navbatida, kam yorug‘likka ega bo‘lgan qishloq tumanlari soni 129 tadan 102 taga kamaydi. Shu tariqa, 27 ta tumanda shahar tipidagi rivojlanish yo‘nalishiga o‘tish kuzatilmoqda.
Ta’kidlanishicha, O‘zbekistonda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromadlar darajasi hanuzgacha o‘rtacha miqyosda saqlanib turganiga qaramasdan, so‘nggi yillarda shaharlarning barqaror rivojlanishi va ishbilarmonlik faolligining ortishi kuzatilmoqda.
Mavzuga oid

15:49 / 03.06.2025
Qozog‘iston mintaqalarining yarmidan ko‘pida aholi soni kamayishi davom etmoqda

20:49 / 13.02.2024
Ayrim shaharlar bosh rejasi yo‘qligi sababli faqat eniga kengaymoqda - prezident

20:36 / 26.08.2021
O‘zbekistonda 14 ta hudud bo‘yicha iqtisodiy faollik reytingi tuzildi

15:30 / 06.06.2021