Jahon | 08:52 / 10.10.2018
8528
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh elektromagnit qurol bilan kurashish strategiyasini qabul qildi

Foto: Larry Downing/Reuters

AQSh Ichki xavfsizlik vazirligining ma'lum qilishicha, mamlakat rasmiylari elektromagnit hodisalar, jumladan, elektromagnit quroldan ehtimoliy foydalanishga qarshi kurash strategiyasini qabul qildi. Bu haqda vazirlik saytida ma'lumot berilgan.

Hujjatga ko‘ra, strategiya elektromagnit xavflardan ogohlantirish bo‘yicha bir qator chora-tadbirlarni o‘z ichiga oladi.

Ta'kidlanishicha, vazirlikdagilar elektromagnit impulsidan foydalangan holda atayin uyushtirilgan hujum bilan bog‘liq hodisalar AQSh muhim infratuzilmasining jiddiy qismiga zarar yetkazishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq olimlar AQShni biologik qurol ishlab chiqishda gumonlayotgani xabar berilgandi.

Mavzuga oid