96 yoshli yaponiyalik dunyodagi eng keksa bitiruvchi bo‘ldi

Yaponiya g‘arbida joylashgan Takamatsu shahrida yashovchi 96 yoshli Sigemi Xirata dunyoning eng keksa bitiruvchisi sifatida Ginness rekordlari kitobida qayd etildi.
Xirata 1919 yilning 1 sentabr kuni tug‘ilgan. U 85 yoshida she'riyat ilmini o‘rganishni maqsad qiladi va Kioto san'at va dizayn universitetiga o‘qishga kiradi. U o‘qishni tugallashi uchun 11 yil talab etiladi.
“Men baxtliman. O‘qish – mening yoshimda juda yoqimli bo‘lar ekan”, - deb uning so‘zlaridan iqtibos keltiradi “Kiodo” agentligi.
"Mening maqsadim 100 yoshni ko‘rish. Men o‘shanda ham o‘zimni yaxshi his qilsam, o‘qishni yana davom ettiraman va ilmiy daraja olishga urinib ko‘raman", deya qo‘shimcha qiladi Xirata.
U atrofida yaxshi odamlar va uzoq yillik do‘stlari qurshab turishini uzoq umr ko‘rishi siri sifatida aytib o‘tgan. Xirataning 2 farzandi, 5 nabirasi hamda 4 nafar evarasi bor.
Mavzuga oid

11:21 / 16.05.2025
Tokioda O‘zbekistonning besh nafar fuqarosi qo‘lga olindi

18:09 / 04.05.2025
Yaponiyada 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar soni keskin qisqarib ketdi

22:33 / 28.04.2025
Fuji tog‘iga chiqishga uringan xitoylik talaba to‘rt kun ichida ikki marta qutqarildi

00:43 / 25.04.2025