Dunyodagi eng uzun ko‘prik o‘z ishini to‘xtatdi

Xunan provinsiyasi Chjantszyatsze Milliy parkidagi Grand-Kanon uzra qurilgan dunyodagi eng uzun shisha ko‘prik vaqtinchalik o‘z ishini to‘xtatdi. Bu haqida China News Service agentligi xabar berdi.
Shisha ko‘prik 20 avgust kuni test rejimida ochilgan edi.
Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, 2 sentabrdan e'tiboran ko‘prik vaqtinchalik yopilgan. Xabar qilinishicha, ko‘prik tizimini dasturiy va qurilmaviy jihatdan yaxshilash maqsadida amalga oshirilgan. Ko‘prikning qachon mehmonlarni qabul qila olishiga oid ma'lumotlar berilmagan.
Ko‘prikning uzunligi - 430 metr, kengligi - 6 metr, balandligi - 3 metr. Rekordchi ko‘prik 99ta uch qatlamli o‘ta mustahkam shisha panellardan tashkil topgan. Ko‘prik ishga tushgan vaqtida har kuni mahalliy vaqt bilan soat 7:00dan 17:00gacha xizmat qilgan.
Ko‘prikda bir vaqtning o‘zida 600 nafar kishini ko‘tara oladi.
Avvalgi rekord ham xitoy ko‘prigiga tegishli bo‘lgan. 2015 yilning kuzida Shinyuchjay Milliy parkida 180 metr balandlikda 300 metr uzunlikdagi ko‘prik ochilgan. Uning nomi - "Qahramonlar ko‘prigi".
Mavzuga oid

07:40
Xitoy AQSh ta’minotidan mustaqilligini e’lon qildi

21:22 / 28.04.2025
Xitoy Trampning tariflarini Hindiston yordamida chetlab o‘tmoqchi

14:45 / 28.04.2025
SCMP: Xitoy kompaniyalari ishlab chiqarishni AQShga ko‘chirishni boshladi

00:46 / 28.04.2025