Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Obama o‘zini haqoratlagan Filippin prezidenti bilan uchrashuvini bekor qildi

Oq uy AQSh prezidenti Barak Obamaning filippinliklar rahbari Rodrigo Duterte bilan uchrashuvini bekor qildi. CNN telekanali xabariga ko‘ra, bunga Filippin prezidenti Barak Obamani o‘z ichki siyosati uchun tanqid qilishiga javoban haqoratlagani sabab bo‘ldi.
Ikki siyosatchining uchrashuvi shu haftada Laosga Sharqiy Osiyo sammitida ishtirok etish uchun kelganida o‘tkazilishi belgilangandi.
Duterte bilan uchrashuv bekor qilingach, endi Obama Janubiy Koreya prezidenti Pak Kin Xe bilan suhbatlashadi.
Bundan oldinroq Filippin prezidenti Rodrigo Duterte amerikalik hamkasbi Barak Obamani fohishaning o‘g‘li deb atab, unga inson huquqlari bo‘yicha maslahatlari bilan "har yerga burun tiqmaslik"ni maslahat bergani xabar qilingandi.
Obama bugun 3 kunlik tashrif bilan Laosga keldi va prezidentlik vaqtida ushbu mamlakatga tashrif buyurgan AQShning ilk prezidenti bo‘ldi.
Mavzuga oid

18:35 / 13.05.2025
Xalqaro jinoiy sud orderi bilan hibsga olingan Filippin sobiq prezidenti mahalliy saylovlarda g‘alaba qozondi

01:24 / 02.05.2025
Filippinda yuz bergan YTHda 10 kishi halok bo‘ldi

22:58 / 27.04.2025
Xitoy Filippin yaqinidagi bahsli kimsasiz orolni egallab oldi

22:37 / 08.04.2025