Almazbek Atamboyev qirg‘iz tilidagi ilk "Qirg‘izistonim" qo‘shig‘ini taqdim qildi
Internet tarmog‘ida Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atamboyevning qirg‘iz tilidagi ilk - "Qirg‘izistonim" qo‘shig‘i paydo bo‘ldi.
Ta'kidlash joizki, bu - rahbarining qirg‘iz tilidagi birinchi qo‘shig‘i. Qo‘shiqqa ishlangan rolik YouTube'da Toptash nomli foydalanuvchi tomonidan havola etildi. "Qirg‘izistonim" qo‘shig‘ining muallifi va ijrochisi - Atamboyevning o‘zi. Videoqator mamlakat manzaralari aks etgan turli roliklardan olingan.
Bundan avval Qirg‘iziston rahbarining rus tilidagi qo‘shiqlariga ishlangan kliplarini havola qilgan edik - "Taqdirga qasdma-qasd", "Sensiz yashay olmayman" va "Bema'ni so‘zlar". Atamboyevning so‘zlariga ko‘ra, qo‘shiqlarni yozishga 47 daqiqagina vaqt sarflangan.
Bugun Almazbek Atamboyev 60 yoshni qarshiladi. U MDH davlatlari sammiti doirasida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashadi va muzokara o‘tkazadi. Ular bir qator memorial va madaniy-sport obektlariga tashrif buyurishi rejalashtirishgan.
Almazbek Atamboyev 2017 yilgi prezidentlik saylovlaridan keyin siyosiy faoliyatini davom ettirmasligini bir necha marta ta'kidlagan.
Mavzuga oid

21:41 / 25.04.2025
O‘zbekiston va Qirg‘iziston «Chashma» bulog‘idan birgalikda foydalanish bo‘yicha kelishuvga erishdi

23:58 / 24.04.2025
Qirg‘izistonda RF armiyasiga yollash ishi bo‘yicha rossiyalik polittexnolog hibsga olindi

08:57 / 23.04.2025
Qirg‘izistonda Rossiya armiyasiga yollash bilan shug‘ullangan «Russkiy dom» xodimi hibsga olindi

20:30 / 17.04.2025