Eronda Janubiy Fors gaz konini o‘zlashtirish bo‘yicha yirik shartnoma imzolandi
Eron milliy neft kompaniyasi va Fransiya-Xitoy-Eron xalqaro konsorsiumi Janubiy Fors yirik tabiiy gaz konining 11-uchastkasini o‘zlashtirish bo‘yicha kelishuvni imzoladi. "Tasnim News Agency" agentligining xabar qilishicha, bitim qiymati 4,8 mlrd dollarni tashkil etadi.
Xalqaro konsorsium tarkibiga Fransiyaning Total, Xitoyning CNPC (China National Petroleum Corporation) va Eronning Petropars neft kompaniyalari kiradi. Janubiy Fors konining 11-uchastkasida gaz qazib olish ishlari 2020 yil martida boshlanishi kutilmoqda.
Janubiy Fors – dunyodagi eng yirik tabiiy gaz koni hisoblanadi. Uning zaxirasi 13,8 trln kub metr deb baholanmoqda. Eron o‘tgan asrning oxirlaridan mazkur konni bosqichma-bosqich o‘zlashtirib keladi.
Mavzuga oid

11:20
Isroilda Eron zarbalarida uch kishi halok bo‘ldi, o‘nlab odamlar yaralandi

09:37
Erondagi o‘zbekistonliklar Turkmaniston orqali evakuatsiya qilindi

09:27
Eron va Isroil zarbalar almashishda davom etmoqda

07:12