Flinn Rossiyaning AQShdagi elchisi bilan nimalarni muhokama qilganini ma'lum qildi

AQSh prezidenti Donald Trampning milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha sobiq maslahatchisi Maykl Flin Rossiyaning AQShdagi elchisi Sergey Kislyak bilan o‘tkazgan muloqotida nimalar haqida gaplashganiga oydinlik kiritdi. Flin Kislyak bilan Amerikadan chiqarib yuborilgan rossiyalik diplomatlar xususida gaplashgan. Maykl Flinn iste'foga chiqishidan avval The Daily Caller nashriga bergan intervyusida shu haqda ma'lum qilgan.
Uning qayd etishicha, Rossiya elchisi bilan muzokaralarda sanksiyalar masalasi muhokama qilinmagan. Maykl Flinning ta'kidlashicha, u Kislyak bilan telefon orqali muloqotida «chegarani kesib o‘tmagan». Flinning so‘zlariga ko‘ra, agar shunday bo‘lganida bu haqda FQB (Federal qidiruv byurosi) bilgan bo‘lar edi.
Sobiq maslahatchi Kislyak bilan 35 nafar rossiyalik diplomat masalasini qisqacha muhokama qilgan.
«Suhbat sanksiyalar haqida bo‘lgani yo‘q. Muloqot mamlakatdan chiqarib yuborilgan 35 nafarga yaqin kishi xususida bo‘ldi. Suhbat shunday bo‘ldi: «Men nima bo‘lganidan xabardorman. Biz buni ko‘rib chiqamiz». Men hech qachon: «Biz sanksiyalarni qayta ko‘rib chiqmoqchimiz» yoki shunga o‘xshash narsalarni gapirganim yo‘q», — degan Flinn.
Mavzuga oid

12:57
Mers Tramp bilan suhbatdan keyin: Rossiyaga bosimni kuchaytirish kerak

12:49
Rossiya TIV: AQSh munosabatlarni normallashtirish bo‘yicha muzokaralarni bekor qildi

09:10
Tramp Yaqin Sharq tufayli G7 sammitini zudlik bilan tark etdi

08:52