Hazil video: «Kiyev meri ko‘chalarni noto‘g‘ri joylashtirilgan avtomobillardan tozalamoqda»
Kiyev shahri meri, sobiq bokschi Vitaliy Klichko yana bir bor barchani hayratlantirdi. U bu safar jismoniy qudratini namoyish etgan.
Kiyev aholisi vakillari tomonidan olingan videoda shahar boshlig‘i bir qo‘lida telefonni tutgan holda bir qo‘li bilan avtomobilni itarib, turargohga joylashtirayotgani tasvirlanadi.
"Vitaliy Klichko o‘z qo‘llari bilan ko‘chani xato parkovka qilingan avtomobillardan tozalamoqda. Klichko shunchalar kuchliki, u bir vaqtning o‘zida o‘ng qo‘lidagi telefonda gaplashgan holda, boshqa qo‘li bilan mashinani surishi mumkin", — deya hazilomuz fikr bildirgan rolik muallifi.

Mavzuga oid

13:00 / 17.06.2025
Rossiya Kiyevga dron va raketalar bilan vayronkor hujum amalga oshirdi

08:58 / 17.06.2025
Kiyevga dronlar hujumi: kamida 18 kishi jarohatlandi

13:01 / 12.06.2025
Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius Kiyevga keldi

12:21 / 10.06.2025